Aripov Qirg‘izistonga bordi (foto)
Jamiyat
−
25 Oktabr 2023 9215 1 daqiqa
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Qirg‘izistonga bordi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
![]()
Ma’lum qilinishicha, “Manas” xalqaro aeroportida Abdulla Aripovni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Baxit Toroboyev kutib olgan.
![]()
Aripov joriy yilning 25-26 oktyabr kunlari mamlakat poytaxti Bishkek shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti, MDH va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoq hukumati rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
![]()
Mazkur yig‘ilish doirasida ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
![]()
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr