Aripov Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari bilan chegara va suv masalasini muhokama qildi
Jamiyat
−
26 avgust 2020
5573Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarovni qabul qildi.
Uchrashuvda davlat chegaralarini delimitatsiya qilish, o‘tkazish punktlari samarali faoliyatini ta’minlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki davlat Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda chegaraoldi hududlar rahbarlari (hokimlari) Kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu kunlarda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
LiveBarchasi