Argentinada 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi
Olam
−
05 avgust 2023 5081 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Argentinada 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Santyago-del-Estero provinsiyasida, 20,2 ming kishi istiqomat qiluvchi Anyatuyya shahridan 45 km shimoli-g‘arbda joylashgan. Silkinish o‘chog‘i yer yuzasidan 592 kilometr chuqurlikda ekani aniqlangan. Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul va Marmar dengizi mintaqasida yana 7 balli kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi bashorat qilingandi. Shuningdek, Turkiya hukumati megapolisni halokatli yer silkinishiga tayyorlashni ham boshlab yuborgani ma’lum qilingandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr