Argentina futbolchilari taqiqlarga qaramay maydonda siyosiy murojaat qildi (video)

Sport

image

Argentina terma jamoasi futbolchilari 2026 yilgi Jahon chempionatining yarim finalida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgach, maydonda Malvina (Folklend) orollari haqidagi bannerni namoyish qildi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Uchrashuvdan so‘ng argentinalik futbolchilar “Malvina orollari Argentinaga tegishli” degan yozuv tushirilgan bannerni ochishdi.

Folklend orollari (Argentinada Malvina orollari deb ataladi) yuzasidan siyosiy bahs 1982 yildan buyon davom etib kelmoqda. O‘sha yili Buyuk Britaniya va Argentina arxipelag ustidan qurolli mojaroga kirishgan. Urush oqibatida 649 nafar argentinalik va 255 nafar britaniyalik harbiy halok bo‘lgan. Natijada orollar ustidan nazorat Buyuk Britaniya qo‘lida saqlanib qolgan.

2013 yilda mazkur hududda referendum o‘tkazilgan bo‘lib, unda ovoz berganlarning 99,8 foizi Buyuk Britaniya tarkibida qolish tarafdori bo‘lgan. Biroq Buenos-Ayres ushbu referendum natijalarini tan olmaydi.

Uchrashuv oldidan AQSH Federal qidiruv byurosi (FBI), FIFA hamda mahalliy politsiya vakillari qo‘shma yig‘ilish o‘tkazib, ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy ziddiyat va muxlislar o‘rtasida ehtimoliy to‘qnashuvlar xavfi sababli bahsni “eng yuqori xavf” toifasiga kiritgan edi.

Endi Argentina terma jamoasi joriy yilning 19 iyul kuni Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing