Argentina MTJ Xitoydagi suv toshqini jabrlanuvchilariga yordam yuboradi
Sport
−
14 iyul 1204 1 daqiqa
Argentina milliy terma jamoasi tayfun va suv toshqinlari oqibatida jabr ko‘rgan Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom hududi aholisiga gumanitar yordam yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda jamoaning rasmiy sahifasida xabar berildi.
“Jahon chempionati davomida xitoylik muxlislarning ulkan qo‘llab-quvvatlashini his qildik. Bu Argentina terma jamoasi uchun katta turtki bo‘ldi. Endi esa biz ularning mehriga munosib javob qaytarishni istaymiz”, deyiladi bayonotda.
Ma’lum qilinishicha, terma jamoa jabrlangan aholi uchun ichimlik suvi, sochiqlar, kiyim-kechak, ryukzaklar va boshqa birinchi zarurat buyumlarini xayriya qiladi.
Argentina milliy terma jamoasi Xitoyda katta muxlislar armiyasiga ega. Bu, avvalo, jamoa sardori Lionel Messining mamlakatdagi yuksak ommabopligi bilan izohlanadi.
Qayd etish joiz, Argentina terma jamoasi ertaga, 15 iyul kuni Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida “Maysak” tayfuni Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom hududida kuchli suv toshqinlarini keltirib chiqargan edi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgan.
Live
Barchasi