Arab davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga hujumini qoraladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Iroq va Liviya Isroil kuchlarining Al-Aqso masjidiga hujumini qoraladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi, Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qilingan hujumni qoralagan yozma bayonot berdi.

“Isroil keskinlikni kuchaytirmoqda, xalqaro huquqni hurmat qilmayapti, buning uchun u jahon hamjamiyati oldida javobgardir”, deyiladi podshohlik TIV bayonotida.

Yaman Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Quddusdagi harakatlarini qattiq tanqid qildi: “Masjid-i Aqsoda namoz o‘qiyotgan odamlarga qilingan hujumni qoralaymiz. Isroil dunyo musulmonlarining his-tuyg‘ulari bilan xavfli o‘yin o‘ynamoqda”.

BAA Tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi: “Biz musulmonlar ziyoratgohidagi zo‘ravonliklarni qoralaymiz va zudlik bilan uni to‘xtatishga chaqiramiz”.

Iroq Isroilning Al-Aqso masjidida tinch aholining o‘limi va jarohatlanishiga olib kelgan harakatlarini qoraladi.

“Isroilning bu harakatlari qaytarilmas oqibatlarga olib kelishi mumkin”, degan Iroq Tashqi ishlar vazirligi.

Liviya Oliy Davlat Kengashi ham Al-Aqso masjidiga qilingan takroriy hujumlarni qoraladi.

Kengashning yozma bayonotida, Al-Aqso masjidiga kecha qilingan bosqin Isroilning Falastindagi musulmonlarga tegishli barcha narsalarni yo‘q qilish niyatida ekanligini isbotlagani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, 15 aprel kuni Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidida reyd o‘tkazdi, natijada 152 kishi yaralandi, 400 nafar falastinlik hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso Isroil

Baholaganlar

429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing