Gruziyada internet orqali o‘g‘rilik qilgan o‘zbekistonlik qamoqqa olindi

Olam

Gruziya poytaxti Tbilisida politsiya xodimlari 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. U boshqa birovning kompyuteriga kirib, deyarli 3 ming AQSH dollarini o‘g‘irlagan.

Gruziya IIV ma’lumotiga ko‘ra, 28 iyun kuni erkak onlayn-kazino foydalanuvchilaridan birining hisobiga noqonuniy kirib, 9 190 lari (deyarli 3 ming dollar) yechib olgan. U pullarni o‘z kartasiga o‘tkazib, keyin uni naqdlashtirgan.

Huquq-tartibot organi xodimlari Gruziya Jinoyat kodeksinng 177-moddasi (o‘g‘rilik) va 284-moddasi (beso‘rov kompyuter tizimiga kirish) bilan jinoyat ishi ochgan. 

Bu moddalar bilan aybdorga 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash qilish jazosi tayinlanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya o'zbekistonlik

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing