Milliy gvardiya xodimlari imtiyozli kredit asosida avtomobil olishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 17 iyulida “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va maxsus unvonga ega xodimlariga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransportlarni sotib olishga imtiyozli kreditlar beriladi.

Unga ko‘ra, yiliga 300 tagacha avtotransport sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kredit beriladi:

•    kredit muddati – 5 yilgacha;
•    dastlabki badal – avtotransport qiymatining 20 foizi miqdorida;
•    kredit foiz stavkasi – Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining plyus 2 foiz miqdorida;
•    kredit bo‘yicha ta’minot – sotib olinadigan avtotransport garovga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

256

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing