Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2019
7215Dilbar Muhamedxanovna G‘ulomova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Davlat xavfsizlik xizmatida faoliyat yuritgan Abdug‘ofur Ahmedov Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi etib tayinlangandi. Abdug‘ofur Ahmedovga DXXning boshqa bir xodimi Dilshod Muxitdinovich Eshnayev o‘rinbosar bo‘lgandi.
Shuningdek, Qo‘mita sobiq raisining o‘rinbosari Nurimon Abulhasan IIV tizimida yangi lavozimga tayinlandi.