Koronavirus O‘zbekistonda: yana 10 hududda 118 nafar yangi bemor aniqlandi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2020
95932020 yil 11 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 60 894 (+118) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 32 nafari Namangan viloyatida,
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 13 nafari Toshkent viloyatida,
- 11 nafari Samarqand viloyatida,
- 11 nafari Buxoro viloyatida,
- 10 nafari Xorazm viloyatida,
- 8 nafari Jizzax viloyatida,
- 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 5 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 57 704 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 687 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi