Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligida nimalar o‘zgardi?

Jamiyat

image

Endi prokuratura va DXX xodimlarini ma’muriy javobgarlikka tortish uchun yuqori turuvchi rahbariyatining roziligi talab etilmaydi. Bu haqda “Prokuratura to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarning tegishli moddalariga kiritilgan tuzatishlarda keltirib o‘tilgan.

Ilgari prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarligi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etilgan. DXX harbiy xizmatchilari faqat tegishincha DXX raisi, Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalarning boshliqlari roziligi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bu borada ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarning daxlsizligi olib tashlandi. Shu tariqa, endi ularni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun yuqori turuvchi rahbariyatning roziligi talab etilmaydi – MJTKda bayon etilgan umumiy tartib-taomil amal qiladi.

Bunda shaxsiy tarkibning daxlsizligi avvalgidek saqlanib qoladi:

•  prokuratura organlarida – prokuratura organlari xodimlarining intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi, prokuror, tergovchi va surishtiruvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi;

•  DXXda – harbiy xizmatchisi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Prokuratura

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing