Yana 168 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 7 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29 225 (+168) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 25 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli S.M. (ayol), Yangiyo‘l tumanida yashagan 54 yoshli B.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 491 nafar, Toshkent viloyatida 169 nafar, Buxoro viloyatida 40 nafar, Qashqadaryo viloyatida 34 nafar, Andijon viloyatida 20 nafar, Sirdaryo viloyatida 19 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar hamda Xorazm viloyatida 8 nafar, jami 793 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O‘zbekistonda 20 380 (+793) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 662 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing