Martda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
20 aprel 2022 7309 1 daqiqa
Joriy yilning mart oyida O‘zbekistonda eng ko‘p Cobalt rusumli avtomobil ishlab chiqarildi. Oy davomida jami 30 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2022 yilning mart oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:
Cobalt – 8 405 dona;
Damas – 8 046 dona;
Lacetti-Gentra – 7 099 dona;
Nexia T-250 – 3 670 dona;
Spark – 1 604 dona.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonda eng ko‘p Lacetti-Gentra rusumli avtomobillar ishlab chiqarilgandi.
Live
Barchasi