Apple yana bir davlatda iPhone telefonlarini yig‘ishni boshlaydi

Texnologiya

image

Apple iPhone 14 telefonlarining yig‘ilishi geolokatsiyasini kengaytirdi. Endi bunday rusumli telefonlar Braziliyada ham yig‘ilishni boshlagan. Bu haqda "The Apple Post" nashri xabar berdi.

Hozirda Braziliyada iPhone 14 ning faqat asosiy modeli ishlab chiqarilmoqda, chunki hali hech bir foydalanuvchi BR/A identifikatoriga ega iPhone 14 Pro yoki iPhone 14 Pro Max sotib olgani haqida xabar bermagan. Xitoydan Braziliyaga jo‘natilgan Apple smartfonlari BZ/A yoki BE/A yorlig‘iga ega.

Apple bundan avval ham iPhone smartfonlarini Braziliyada yig‘gan. Kompaniya iPhone 13 telefonlarini hududida ishlab chiqargan. iPhone SE ham Braziliyada yig‘ilgan, chunki kompaniya mahalliy soliqlar tufayli mamlakatda arzonroq modellarni yig‘ishga urinmoqda. Deyarli barcha Apple qurilmalarini o‘z ichiga olgan mahsulotlarning ro‘yxati bo‘yicha import bojlari Braziliyada juda yuqori hisoblanadi. 

Xitoy hali ham Apple telefonlarini ishlab chiqarishning katta qismini tashkil qilsa-da, kompaniya so‘nggi yillarda Vashington va Pekin o‘rtasidagi keskinlik va Xitoyning COVID-19 cheklovlari tufayli boshqa mamlakatlar bilan diversifikatsiya qilishga intilmoqda.

Braziliyada iPhone'ni yig‘ish faqat mahalliy bozorga qaratilgan bo‘lsa ham, bu mamlakatda Apple smartfonlarining taqchilligini oldini oladi. Shuningdek, Apple joriy yilda iPhone 15'ni Xitoy va Hindistonda bir vaqtning o‘zida yig‘ishni boshlashni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya iPhone Apple

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing