Apple O‘zbekistonga QQS to‘ladi

Jamiyat

image

Tarixdagi eng yirik kapitallashgan korporatsiya – Apple Distribution International Limited O‘zbekistonda ixtiyoriy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi va I chorakdagi faoliyati natijalariga ko‘ra, davlat byudjetiga 59,2 ming AQSH dollari miqdorida soliq to‘ladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Avval xabar qilganimizdek, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgan edi.

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatayotgan 10 ta chet el kompaniyasi “Internet-kompaniyalarning QQS ofisi” orqali qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hududida elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorij kompaniyasi – Google Commerce Limited ham QQS to‘lovini amalga oshirgan edi. Mazkur kompaniya joriy yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, davlat byudjetiga 85 ming yevro to‘ladi.

Bundan tashqari, filmlar va seriallar yetkazib beruvchi – Netflix International B.V. kompaniyasi ham O‘zbekiston byudjetiga 4,3 ming yevro miqdorida QQS to‘lagan.


Maqola muallifi

Teglar

QQS Apple

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing