Apple rahbari Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar ajratadi
Olam
−
04 yanvar
2205Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimiga shaxsan 1 million dollar pul bermoqchi. Bu haqda “Axios” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu pullar Tramp va Kuk o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlikni aks ettiradi. Ushbu hamkorlik doirasida Tramp birinchi prezidentlik muddati davomida Apple rahbari bilan ko‘plab uchrashuvlar uyushtirgan.
“Kuk yurtiga sadoqatli inson sifatida inauguratsiya jarayonini Amerikaning buyuk an’anasi sifatida ko‘rib, birlashuv ruhi bilan yordam bermoqda. Apple kompaniyasi esa bu jarayonda moliyaviy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmagan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, boshqa texnologiya kompaniyalari, jumladan, Amazon, Meta, Uber va OpenAI rahbarlari ham inauguratsiya uchun katta miqdorda mablag‘ ajratgan.
Ma’lumot uchun, Apple kompaniyasi Amerika iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shgan holda, dunyodagi eng yirik soliq to‘lovchilaridan biri sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, Trampning inauguratsiyasi joriy yilning 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Tramp ushbu marosimga bir qancha davlat rahbarlari, jumladan, Xitoy rahbari Si Szinpin, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Argentina Prezidenti Xaver Miley, Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni va Salvador Prezidenti Nayib Bukeleni taklif qilgan.
LiveBarchasi