Apple`ning navbatdagi taqdimoti “bosh qahramoni” ma’lum bo‘ldi

Texnologiya

image

Apple mart oyining o‘rtalarida yangi planshetlar va AirTag Bluetooth-mayoqlarini taqdimotini o‘tkazadi. Bu haqda amerikalik blogerlar Twitter sahifasida ma’lum qilgan

Qayd etilishicha, Apple kompaniyasining navbatdagi taqdimoti 16 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Kompaniya tadbir sanasini taxminan bir hafta oldin e’lon qiladi. Korporatsiyaning top-menejerlari bir nechta yangilik tayyorab qo‘ygan. Ularning asosiylari iPad va iPad mini planshetlarining yangi versiyalari bo‘ladi.

Shuningdek, tadbirda Apple kompaniyasi AirTag Bluetooth-mayoqlarini namoyish etadi. Ular haqida birinchi marta 2019 yilda ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Bundan tashqari, kompaniya o‘zining Apple Card xizmatidan foydalanish hududini kengaytiradi. Hozirda kompaniyaning kredit kartasidan faqat AQSHda foydalanilmoqda.

Insayderlarning ta’kidlashicha, tadbirning asosiy qismi yangi avlod planshetlariga qaratiladi. Xususan, yangilangan iPad mini ingichka hoshiyali OLED-displeyini va ekranga o‘rnatilgan barmoq izi sensorini olishi mumkin. Qurilma shuningdek, iPhone 12’ga o‘rnatilgan flagmanli Apple A14 Bionic protsessori bilan ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing