Apple narxi 3 trln dollardan oshgan tarixdagi birinchi kompaniya bo‘ldi

Texnologiya

image

Apple tarixda kapitallashuvi 3 trillion dollardan oshgan birinchi kompaniya bo‘ldi. 2018 yilning avgustida Apple kapitallashuvi 1 trillion dollarga, 2020 yilning avgustida esa 2 trillion dollarga yetgandi. Yangi marrani zabt etish uchun kompaniyaga 1 yilu 4 oy vaqt kerak bo‘ldi.

Nasdaq birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Apple kapitallashuvi 3 029 856 201 060 dollarga yetgan.

Apple aksiyalari narxi ham rekord o‘rnatdi. 9 dekabr kungi savdo sessiyasi davomida u har bir aksiya uchun 176,54 dollargacha ko‘tarildi, biroq savdolar chog‘ida bizor o‘zgarish bo‘ldi.

2021 yilda Apple aksiyalari taxminan 35 foizga, 2020 yilda esa 80 foizga oshdi. Amerikalik yetakchi tahlilchilar Apple aksiyalari hali ham o‘sishi mumkin deb hisoblashdi. Mutaxassislar kompaniyaga sarmoya kiritish 2022 yil uchun investitsiya bo‘lishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing