Apple MacBook’ning yangi modellarini taqdim etdi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 oktyabr kuni Apple Inc (AAPL. O) ikkita kuchli M1 MAX va M1 PRO chipli MacBook Pro modelini taqdim qildi. Ushbu MacBook Pro avvalgi Intel Corp (INTC. O)dan ancha farq qiladi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar bermoqda.

Yangi 14 va 16 dyuymli modellarning narxi 1 999 dollardan boshlanadi va ularning eng qimmat turlari 6 099 dollargacha baholanadi.  Apple M1 MAX va M1 PRO chiplaridan foydalanganligi sababli raqib Intel va Advanced Micro Devices (AMD. O) kompaniyalaridan o‘zib ketganini da’vo qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, onlayn taqdimotda Apple Intel chiplaridan butunlay voz kechganidan so‘ng, kompyuterlari qanday ko‘rinishini namoyish qilgan. Aytilishicha, chiplar Mac sotuvi miqdorini ko‘paytirib, joriy yilning birinchi to‘qqiz oyida kompaniya daromadi 32 foizga oshib, 26 millardga yetishiga sabab bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, 14 dyuymli modelning narxi 1 999 dollardan boshlanadi, 16 dyuymliniki esa 2 499 dollardan. Ushbu yangi modellar keyingi haftadan sotuvga chiqariladi.

Kechagi taqdimotda Apple, shuningdek AirPods simsiz quloqchinlarining uchinchi avlodini namoyish etgan.  Apple'ning yangi AirPods'lari mashg‘ulotlarda ishlatganda ham ter va suvga chidamli bo‘lib, avvalgi yuqori darajadagi AirPods Pro'dagi ba’zi audio xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ushbu  AirPods'larning narxi 179 dollarni tashkil qiladi va u ham kelasi haftadan sotuvga chiqadi.

Aytish joizki, Apple taqdimotidan so‘ng, kechaning o‘zida kompaniya aksiyalari 0,8 foizga oshdi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing