Apple ishchilari isyon ko‘targan Wistron bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Olam
−
20 dekabr 2020
3581Apple kompaniyasi Tayvanning Wistron kompaniyasi buyurtmalarini bajarishni to‘xtatdi. Bunga uning Hindistondagi korxonasida maoshlar pasaytirilishi sababli ishchilarning norozilik uyushtirgani sabab bo‘ldi.
Apple Hindistondagi zavodda tartibsizliklar yuz bergach Wistron kompaniyasiga sinov muddati belgilagan. Ishchilar bilan aloqador muammolar hal etilmaguncha Wistron o‘z burtmalarini ololmaydi.
Karnataka shtatidagi Narasapur shahrida iPhone smartfonlari yig‘iladigan zavodda 2 ming ishchi uyushtirgan norozidik va tartibsizliklar 7 mln dollar zarar keltirdi. Tartibsizliklar ishchilarning kafolatlangan 21 ming rubiy (286 dollar) maoshi dastlab 16 ming rubiyga (217 dollar), keyin 12 ming rubiyga (163 dollar) tushirilishi oqibatida yuz berdi.
Politsiya 128 nafar namoyishchini qamoqqa oldi, yana 300 nafari so‘rov uchun ushlandi.
Wistron maosh to‘lashdagi aybini tan oldi va kompaniyaning Hindistondagi bo‘limiga javobgar vitse-prezidentni ishdan bo‘shatdi.
Ma’lumot uchun, Hindistondagi Wistron kompaniyasida iPhone smartfonlarining bir nechta modellari yig‘iladi.
LiveBarchasi