Apple iPod ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Texnologiya

image

Amerikaning Apple korporatsiyasi iPod musiqa pleyerini chiqarishni to‘xtatganini e’lon qildi. Bu haqda kecha, 10 may kuni Apple saytida xabar berildi.

“20 yildan ko‘proq vaqt oldin taqdim etilgan iPod butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarni o‘z musiqalarini yo‘lda olib ketish qobiliyati bilan hayratda qoldirdi. Bugungi kunda bu imkoniyat Apple’ning barcha mahsulot liniyasiga joriy etilgan. Apple Music ilovasi tufayli foydalanuvchilar 90 milliondan ortiq qo‘shiq va 30 000 pleylistga ega”, deyiladi bayonotda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, iPod yaratilganidan beri musiqani yuz millionlab odamlar uchun ochiq qilib qo‘ydi va musiqani tinglash va tarqatish usullarini o‘zgartirib, musiqa sanoatiga ta’sir qildi.

“iPod ruhi yashaydi. Biz uni iPhone’lardan tortib Apple Watch, Mac noutbuklari, iPad va Apple TV video qurilmalarigacha bo‘lgan hamma narsaga o‘rnatdik”, deydi Apple’ning xalqaro marketing bo‘yicha katta vitse-prezidenti Greg Josviak.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, zaxiradagi iPod tugaguncha uni Apple veb-sayti yoki rasmiy do‘konlari orqali sotib olish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple iPod

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing