Apple iPhone ishlab chiqarish strategiyasini o‘zgartirmoqchi
Texnologiya
−
04 dekabr 2019
5365Apple kompaniyasi iPhone`ning yangi modellarini chiqarish strategiyasini o‘zgartirish niyatida. Kompaniya 2021 yildan boshlab yiliga ikki marta yangi qurilmalar namoyish qilmoqchi. Bu haqda CNBC JP Morgan tahlillariga asosan xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, olti oylik davr Apple`ga yil davomida yangi qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan raqobatlashish hamda o‘z qurilmalariga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini beradi.
Tahlilchilar fikricha, Apple 2020 yil sentyabrda birvarakayiga to‘rtta yangi iPhone modellarini taqdim etadi. Smartfonlar 5,4 dyum, 6,1 dyum va 6,7 dyumli OLED-ekranlar bilan ishlab chiqariladi. Shuningdek, 5G internetga ulanish imkoniyati qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Apple 2011 yildan beri an’anaviy tarzda kuz faslida yangi iPhone modellarini taqdim etib keladi. Odatga ko‘ra, taqdimotda uchta yangi qurilma namoyish qilinadi.
LiveBarchasi