Apple iPhone 13 uchun iPad ishlab chiqarishni qisqartirdi 

Texnologiya

image

Apple yangi iPhone 13 smartfonlarini yetarlicha mikrosxemalar bilan ta’minlash uchun iPad ishlab chiqarishni keskin qisqartirdi. Bu haqda “Nikkei Asia” manbalarga tayanib xabar bergan. 

“Apple iPhone 13 uchun ko‘proq komponentlar mavjud bo‘lishi maqsadida iPad ishlab chiqarishni keskin qisqartirdi. Bu global chip ta’minoti inqirozi kompaniyaga avval ko‘rsatilganidan ham qattiqroq ta’sir qilganidan dalolatdir”, deyilgan xabarda. 

Manbalarga ko‘ra, so‘nggi ikki oy ichida iPad ishlab chiqarish Apple’ning dastlabki rejalaridan ikki baravar kamaygan. Bundan tashqari, eski iPhone modellari uchun mo‘ljallangan qismlar ham iPhone 13 ishlab chiqarishga o‘tkaziladi. 

iPad va iPhone modellari asosiy va periferik chiplarni o‘z ichiga olgan bir qator umumiy komponentlarga ega. Bu Apple’ga ma’lum hollarda turli qurilmalar o‘rtasida sarf materiallarini qayta taqsimlash imkonini beradi. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili ham Apple iPad’ning ba’zi qismlarini iPhone 12 ga qayta tarqatgan. 

1976 yilda tashkil etilgan Apple kompyuterlar, planshetlar, audiopleyerlar, telefonlar, “aqlli” soatlar va dasturiy ta’minot ishlab chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing