Apple iPhone 12 diapazoniga yangi rang qo‘shmoqda 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Apple bosh direktori Tim Kuk "Spring Loaded" onlayn-tadbirida binafsha rangdagi yangi iPhone 12 ni namoyish qildi.  

Yangi rangdagi smartfon iPhone 12 modellarining butun qatori uchun mavjud bo‘ladi. 

Smartfonning nafaqat orqa shisha paneli, balki alyuminiy ramkasi ham binafsha rangga bo‘yalgan. 

Smartfonning boshqa xususiyatlari o‘zgarmaydi. 

Binafsha rang iPhone 12 ga 23 aprel kuni oldindan buyurtma qilish mumkin, smartfonlar sotuvga 30 apreldan chiqariladi. 

iPhone 12 va 12 mini yangilangan rangda chiqariladi, 12 Pro va 12 Pro Max esa o‘zgarmay qoladi. 

Ma’lumot o‘rnida, iPhone 12 2020 yilning kuzida taqdim etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing