Apple inqirozga tayyorlanishni boshlayapti

Texnologiya

image

Amerikaning Apple kompaniyasi kelgusi yilda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy inqiroz tufayli yangi xodimlarni yollashni qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha,18 iyul kuni “Bloomberg” agentligi manbalarga tayanib, xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 2023 yilda ham maoshlar uchun xarajatlarni pasaytirish niyatida. Biroq, bu qaror faqat ayrim bo‘limlarga ta’sir qiladi. Hozircha bu masalada muhokamalar davom etmoqda.

Avvalroq Apple dizayn bo‘limi sobiq rahbari Jonatan Ayv bilan konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvni bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

380

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing