Apple dunyoning eng qimmat kompaniyasi maqomidan mahrum bo‘ldi
Texnologiya
−
12 may 2022
19108Saudi Arabian Oil Co.ning bozor kapitallashuvi Apple Inc. qiymatidan oshib ketdi. 2020 yildan beri birinchi marta kecha, 11 may kuni savdolarda Saudiya Arabistonining davlat energetika kompaniyasi dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Sessiya davomida Apple aksiyalari 3,9 foizga arzonlashdi, buning natijasida iPhone ishlab chiqaruvchisining kapitallashuvi 2,41 trillion dollargacha kamaydi. Ayni paytda Saudi Aramco’ning savdolar yakunidagi qiymati qariyb 2,43 trillion dollarni tashkil qildi.
Yanvar oyida Apple kompaniyasining qiymati 3 trillion dollardan oshdi, biroq o‘shandan beri kompaniya aksiyalari inflyatsiya va Federal zaxira stavkasini oshirish bilan bog‘liq xavotirlar tufayli arzonlashdi. Yil boshidan beri kompaniya kotirovkalari taxminan 16 foiz qiymatini boy berdi.
Shu bilan birga, Saudi Aramco qimmatli qog‘ozlari 2022 yilda neft narxining oshishi sababli deyarli 30 foizga qimmatlashdi.
LiveBarchasi