Apple dunyodagi eng qimmat brend deb topildi

Bu qiziq

image

Apple kompaniyasi 607,6 milliard dollarlik brend qiymati bilan ketma-ket ikkinchi yil ham dunyodagi eng qimmat brend sifatida tan olindi. Bu haqda “Brand Finance” xalqaro brend baholash tashkiloti tomonidan 2026 yil uchun “Global 500 – dunyoning eng qimmat 500 brendi” e’lon qilingan reytingda aytilgan.

Ma’lum qilinishicha, Apple brendi 2026 yilda 607,6 milliard dollarga baholanib, 2025 yilgi ko‘rsatkichini (574,5 mlrd dollar bo‘lgan) yaxshilashga muvaffaq bo‘lgan. Kuchli o‘ntalikdan quyidagi kompaniyalar joy olgan:

  • Microsoft – 565,3 mlrd dollar;
  • Google – 433,1 mlrd dollar;
  • Amazon – 369,9 mlrd dollar;
  • Nvidia – 184,3 mlrd dollar;
  • TikTok – 153,5 mlrd dollar;
  • Walmart – 141 mlrd dollar;
  • Samsung – 119,2 mlrd dollar;
  • Facebook – 107 mlrd dollar;
  • State Grid – 102,4 mlrd dollar.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatlar kesimida AQSH mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda. Global 500 ro‘yxatidan:

  • 192 ta kompaniya AQSHga;
  • 68 tasi Xitoyga;
  • 33 tasi Yaponiya va Fransiyaga;
  • 26 tasi Germaniyaga;
  • 25 tasi Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri keladi.

“Brand Finance Turkey” direktori Muhtaram Ilgyunerning aytishicha, dunyoning eng qimmat 500 brendining umumiy qiymati 10,4 trillion dollarga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga oshgan.

Unga ko‘ra, AQSH 5,5 trillion dollarlik brend qiymati bilan bozorning 53,4 foizini, Xitoy esa 1,6 trillion dollar bilan 15 foizini egallagan. Fransiya brendlarining umumiy qiymati 426,5 mlrd dollarni tashkil etib, 4 foizlik ulushga ega bo‘lgan.

Ilgyunerning ta’kidlashicha, birorta ham turk brendi “Global 500” reytingiga kira olmagan. U mamlakatlar boyishi uchun brend yaratish siyosatiga ustuvor e’tibor berish zarurligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaliforniya federal sudi Apple kompaniyasi Masimo kompaniyasiga 634 million dollar jarima to‘lashi kerakligini belgilagandi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting Apple eng qimmat brend

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing