Apple depressiyani aniqlash texnologiyasi ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi 

Texnologiya

image

Apple kompaniyasi foydalanuvchilar ma’lumotlarini tahlil qilishga ruxsat beruvchi, depressiya va kognitiv buzilishlarni aniqlash texnologiyasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar bergan. 

Mutaxassislar jismoniy faollik, uyqu va xulq-atvor qobiliyatlarini o‘qiydigan sensorlardan ma’lumotlarni tahlil qiladigan algoritmlar yaratishga umid qilmoqda. 

Biogen Inc. biotexnologiya kompaniyasi va Los-Anjelesdagi stress, xavotir va depressiyani o‘rganuvchi Kaliforniya universiteti ushbu loyiha ustida Apple bilan birgalikda ishlamoqda. 

Qayd etilishicha, tadqiqot loyihalari dastlabki bosqichda, shuning uchun Apple mahsulotlarida bunday funksiyalarning bajarilishini tasdiqlashga hali erta. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Apple kompaniyasi o‘zining navbatdagi mahsulotlarini namoyish qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple depressiya

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing