Apple aksiyalari tarixda ilk bor keskin quladi

Texnologiya

image

NASDAQ savdo ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, Xitoyda iPhone sotuvlari pasayganligi fonida Apple aksiyalari tarixda ilk bor keskin tushib ketdi.

Asosiy savdo sessiyasi tugagandan so‘ng, kompaniya aksiyalari 4,2 foizga tushib ketdi. Bu esa bozor kapitallashuvining (barcha aksiyalarning umumiy qiymati) 83 milliard dollarga pasayishiga olib keldi.

Shu bilan birga, asosiy savdo sessiyasi davomida aksiyalar 3,7 foizga o‘sgan – har bir aksiya uchun 115,3 dollarga yetgan.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, iPhone aksiyalarining sotilishiga kompaniyaning e’lon qilingan bayonotlari sabab bo‘lgan. Xususan, muhim mintaqalardan biri – Xitoyda sotuvlar pasayishi bu narsaga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Uchinchi chorakda mamlakatda iPhone daromadi 29 foizga kamayib, 7,9 milliard dollarni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing