APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

Sport

image

“Liverpul” klubining misrlik hujumchisi Muhammad Saloh Angliya chempionatining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

32 yoshli futbolchi fevral oyida “mersisaydliklar” safida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayni vaqtda APLning 29-turidan keyin “Liverpul” 70 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda va mamlakat birinchligi yakunlanishiga 8 ta tur qolganda jamoa chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saloh faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi.

Kataloniyaning “Barselona” klubi Saloh bilan moliyaviy tomondan kelisha olsa, misrlik forvardni o‘z safiga qo‘shib olish variantiga qarshi emas.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing