APLda yilning eng yaxshi futbolchilari aniqlanmoqda

Sport

image

Angliya Professional Futbol Assotsiatsiyasi 2020–2021 yilgi mavsum uchun yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan MYU a’zosi Bruno Fernandesh, “Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn hamda “Manchester Siti” futbolchilari Ilkay Gyundogan, Kevin de Bryuyne, Fil Foden va Ruben Diash o‘rin oldi. So‘rovnoma yakunlangach, eng ko‘p ovoz to‘plagan futbolchi APLda “Yil futbolchisi” deb e’lon qilinadi.

Shuningdek, “Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi” bo‘lish uchun ham nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. Undan “Arsenal” a’zosi Bukayo Saka, “Vet Hem” yarim himoyachisi Deklan Rays, MYU vingeri Meyson Grinvud, “Chelsi” pleymeykeri Meyson Maunt, “Manchester Siti” futbolchisi Fil Foden hamda “Liverpul” himoyachisi Trend Aleksandr-Arnold joy oldi. 

Ma’lumot uchun, so‘rovnoma 5 iyun kuni kechqurun o‘z nihoyasiga yetadi va 6 iyunda sovrinlar o‘z egalariga topshiriladi.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

APL

Baholaganlar

5

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing