APLda yangi futbol qoidalari kuchga kiradi
Sport
−
02 mart 1481 1 daqiqa
Angliya Premer-ligasida 2026-2027 yilgi mavsumdan boshlab vaqtni behuda sarflashga qarshi FIFA’ning yangi qoidalari kuchga kiradi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Yangi qoidalar o‘yinni kechiktirishga uringan jamoalarga qat’iy sanksiyalarni nazarda tutadi va ularni o‘yinning o‘zida qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Endi, agar jamoa to‘pni o‘yinga kiritish uchun ortiqcha vaqt sarflasa, to‘pni egallash huquqi raqibga o‘tadi. Masalan, uzoq davom etgan erkin zarba raqibga burchak burchak zarbasi sifatida o‘tadi. Yon chiziqdan to‘pni o‘yinga tashlash kechiktirilsa, to‘p raqibga o‘tadi.
O‘yinchilarni almashtirish jarayonida ham yangi sanksiyalar qo‘llanadi. Agar maydonni tark etayotgan o‘yinchi 10 soniyadan ko‘p vaqt sarflasa, uning o‘rniga tushgan futbolchi darhol maydonga kira olmaydi va jamoa 60 soniya davomida yoki to‘p maydonni tark etgunga qadar bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ladi.
Ushbu o‘zgarishlar o‘yindagi kechikishlarni kamaytirish va vaqtni samarali ishlatishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, 2026-2027 yilgi mavsumdan barcha Premer-liga klublari uchun majburiy bo‘ladi.
Live
Barchasi