APLda irqchilik uchun jazoni keskin kuchaytirildi

Sport

image

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) yangi mavsumdan boshlab irqchilik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar uchun kamida 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya jazosini joriy etadi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi mavsum arafasida FA futbolchilar, murabbiylar va o‘yinning boshqa ishtirokchilari tomonidan sodir etiladigan “og‘irlashtirilgan qoidabuzarliklar” uchun intizomiy jazolarni kuchaytirgan.

Bunday qoidabuzarliklarga insonning etnik kelib chiqishi, teri rangi, irqi, millati, dini yoki e’tiqodi, jinsi yoki nogironligiga bevosita yoki bilvosita ishora qiluvchi harakatlar va bayonotlar kiradi.

“Bunday jirkanch xatti-harakatlarga qarshi kurashish uchun yanada qat’iy choralar zarur. Shuning uchun yangilangan intizomiy ko‘rsatmalarga muvofiq, bunday holatlarda intizom komissiyalari kamida 10 o‘yinlik diskvalifikatsiya jazosini qo‘llashi shart. Agar intizom komissiyasi qoidabuzarlik o‘ta og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilgan deb hisoblasa, 10 o‘yinlik diskvalifikatsiyadan ham og‘irroq jazo tayinlanishi mumkin”, deyiladi FA bayonotida.

Shuningdek, yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, diskvalifikatsiya muddati qisqartirilishi mumkinligi, biroq u hech qachon olti o‘yindan kam bo‘lmasligi ta’kidlangan. Takroriy qoidabuzarliklar esa avvalgisiga nisbatan yanada qattiqroq jazolanadi.

Ma’lumot uchun, Angliyada 2026-2027 yilgi mavsum joriy yilning 16 avgust kuni rasman start oladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing