APLda eng qimmat klub ma’lum bo‘ldi
Sport
−
03 may 2019
5719Liverpul universiteti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, “Manchester Siti” “Manchester Yunayted”dan o‘tib ketdi va Angliya Premer-ligasining eng qimmat klubi deb e’lon qilindi.
“Manchester Siti”ning narxi o‘tgan mavsumda 385 mln. funtga o‘sdi va hozirda 2,364 mlrd. funtni tashkil qiladi. “Manchester Yunayted” esa 2,087 mlrd.ga baholanmoqda.
APLning 2017/18 mavsumdagi barcha klublarining narxi 14,7 mlrd. funtni tashkil qildi. Bu bir yil avvalgidan 1,6%ga kam.
Reytingda “Tottenxem” 1,8837 mlrd funtga baholangan bo‘lsa, “Liverpul” va “Chelsi” bir xil 1,615 mlrd funt, Arsenal” esa 1,368 mlrd funtga baholandi.