APL omadsizlari: “Manchester Siti” “Norvich”ga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 21 avgust kuni “Manchester Siti” Angliya Premer ligasining 2-tur uchrashuvida “Norvich Siti” qabul qiladi. O‘yin “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvni Grem Skott boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh murabbiylar asosiy tarkibni e’lon qildi. 

“Manchester Siti” — Ederson, Uoker, Diash, Lyaport, Kanselu, Gyundogan, Grilish, Rodri, Jezus, Silva, Ferran Torres.

“Norvich Siti” — Krul, Arons, Gibson, Xenli, Yannulis, Rapp, Gilmor, Le-Melu, Kantvell, Rashitsa, Pukki.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, “Shaharliklar” birinchi turda Londonning “Tottenxem” klubiga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Norvich” esa “Liverpul” bilan o‘yinda o‘z darvozasidan javobsiz uchta to‘p olib chiqdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Siti” o‘tgan mavsumda 86 ochko bilan chempionlikka erishgan edi. “Norvich Siti” esa Chempionship g‘olibligini qo‘lga kiritib, APLga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Siti Futbol Norvich Siti

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing