APL: “Liverpul” va “Byornli” uchrashuvining asosiy tarkiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 21 avgust kuni Liverpul shahridagi “Enfild” stadionida Angliya Premer ligasi 2-turidan o‘rin olgan “Liverpul” va “Byornli” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 

O‘yinni Mayk Din boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. 

Ikki jamoa bosh murabbiyi: Yurgen Klopp va Shon Daych asosiy tarkiblarni e’lon qildi.

“Liverpul” – Alisson, van Deyk, Trent, Matip, Simikas, Henderson (C), Keyta, Eliott, Mane, Jota, Saloh.

“Byornli” – Poup, Louton, Tarkovski, Mi (C), Teylor, Gudmundsson, Braunhill, Kork, Maknil, Vud, Barns.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” o‘tgan mavsumda 69 ochko bilan 3-o‘rinni band etgan bo‘lsa, “Byornli” 39 ochko to‘plagan holda 17 pog‘onani egallagandi. Liverpulliklar joriy mavsumning dastlabki turida “Norvich”ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan, Lankashir grafligi jamoasi esa 1:2 hisobida “Brayton”ga imkoniyatni boy bergan.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Yurgen Klopp “Liverpul'” Enfil'd “Byornli” Mayk Din' Shon Daych

Baholaganlar

4

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing