APL koronavirus tufayli to‘xtatilishi mumkin

Sport

image

Angliya Premer-ligasi rahbarlari koronavirus infeksiyasi tufayli yanvar oyida mavsumni ikki haftaga to‘xtatib qo‘yish haqida o‘ylamoqda

Manbaga ko‘ra, ushbu qaror jamoalarda COVID-19 ning yangi holatlari aniqlangani munosabati bilan qabul qilinishi mumkin. 

Avvalroq, APL matbuot xizmati o‘tgan hafta davomida liga klublarida 18 ta koronavirus yuqtirish holati aniqlangani haqida xabar bergan. Bu mavsum boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qayd etilishicha, yanvar oyi boshida Angliya kubogining uchinchi bosqich o‘yinlarini bekor qilish ehtimoli ham mavjud. 

Ma’lumot o‘rnida, APLning "Everton" - "Manchester Siti" uchrashuvi Manchester jamoasida koronavirus holatlari aniqlangani sababli qoldirilgan va ikkinchi divizionning bir nechta klublarida ham infeksiya aniqlangan. 

Angliya chempionati turnir jadvalida 15 turdan so‘ng 32 ochko to‘plagan "Liverpul" peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

APL koronavirus

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing