APL klublari Saudiya ustidan FIFA'ga arz qilmoqchi

Sport

image

Angliya Premer ligasi klublari Saudiya Arabistoni ustidan FIFA'ga shikoyat qilish istagida. Bu haqda “Goal” xabar berdi

Qayd etilishicha, APL klublarida yulduz futbolchilarning o‘rnini to‘ldirish uchun imkoniyat bo‘lmagani sabab Saudiya Arabistonining transferlar oynasini yopish sanasini o‘zgartirish yuzasidan FIFA'ga shikoyat qilishi mumkin. 

Gap shundaki, Yevropa top-ligalari singari APLda transferlar oynasidagi dedlayn 1 sentyabrga to‘g‘ri keladi. Saudiya Arabistonida esa bu muddat 7 sentyabrda tugaydi. Bundan norozi tomon o‘zidagi muddat yakuniga yetganidan so‘ng ham yulduz futbolchilari Saudiya klublariga o‘tib ketishidan xavotirda. Chunki APL klublarida yulduz futbolchilarning o‘rnini to‘ldirish uchun imkoniyat bo‘lmaydi.

Biroq APL mazkur talabnomani FIFA'ga shu mavsumda yuborsa va tashkilot uni qanoatlantirgan taqdirda ham yangi tartib keyingi yildan kuchga kiradi. Bu masala liga klublarining yaqinda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni APL FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing