APL klubi Gaviga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi “Barselona” a’zosi Gavini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi 18 yoshli ispaniyalik futbolchi transferi bo‘yicha juda katta summa  taklif bilan chiqishga tayyor. Agar Gavi “Chelsi”dan kelgan taklifni qabul qilsa, u Premer-liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi.

“Chelsi” Gavining agenti bilan tez orada ikkinchi marta muzokara o‘tkazadi. Muzokaralarning ikkinchi bosqichida “Chelsi” xo‘jayini Todd Bouli, futbolchining agenti, shuningdek, Gavining ota-onasi ishtirok etadi.

Qayd etilishicha, Gaviga ispaniyalik mutaxassis Luis Enrike murabbiyligida ishlash imkoniyatini beruvchi sport loyihasi taklif etiladi.

18 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

APL Gavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing