“Barsa” yulduzi 6 oylik jarohatdan so‘ng safga qaytdi
Sport
−
17:59 718 1 daqiqa
“Barselona” yarim himoyachisi Gavi 6 oylik jarohatdan so‘ng yana o‘ynash uchun tibbiy ruxsat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21 yoshli futbolchi ertaga, 15 mart kuni “Sevilya”ga qarshi La Liga 28-tur uchrashuvida maydonga tushishga tayyor.
Gavi 2025 yilning avgust oyi oxirida medial meniskus jarohatini olganidan beri maydonga tushmagandi. Sentyabr oyida “Barselona” futbolchi artroskopiya amaliyotini o‘tkazganini e’lon qilgan.
Ma’lumot uchun, Gavi joriy mavsum hisobidan La Ligada 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. “Barselona” esa hozirda 67 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Kataloniyaliklarning eng yaqin ta’qibchisi “Real Madrid”da 63 ochko bor.