APL klubi Bellingem uchun poygadan chiqdi

Sport

image

“Liverpul” Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun kurashdan chiqdi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi yarim himoyachining narxi qimmatligi tufayli endi uni sotib olishni rejalashtirmayapti. Klub uchun transfer 120 million yevrodan ko‘proqqa tushardi, bu jamoa yozgi byudjetining katta qismini tashkil qiladi.

Buning o‘rniga “Liverpul” har bir chiziqni kuchaytirishga e’tibor qaratadi. Bosh murabbiy Yurgen Klopp rahbariyatning qarorini qo‘llab-quvvatlamoqda. Nemis mutaxassisi tarkibni kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijalari imkon qadar tezroq ko‘rinishini istamoqda. Jamoa menejerlari grand klublar o‘z safiga qo‘shib olishni istayotgan Bellingem uchun uzoq davom etadigan kurashda qatnashishni xohlamayapti. 

Bellingemga, “Liverpul”dan tashqari APLning “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Chelsi” shuningdek, PSJ va “Real” klublari qiziqish bildirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” Jud Bellingem “Borussiya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing