APL quyi divizion klublariga 125 million funt sterling to‘laydi
Sport
−
04 aprel 2020
3402Angliya Premer-ligasi koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy inqirozning oldini olish uchun quyi divizion klublariga 125 million funt sterling ajratishga qaror qildi. Bu haqda APL rasmiy saytida xabar berilgan.
Bundan tashqari, APL Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi byudjetiga 20 million funt sterling o‘tkazib beradi. Shuningdek, Angliya Premer-ligasi klublari, xodimlarining ish tashlashini oldini olish maqsadida futbolchilarning yillik maoshini 30 foizga qisqartirish bo‘yicha maslahat o‘tkazishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalgani bois futbol bo‘yicha barcha musobaqalar noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgan.
Ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 1 133 373 nafarni tashkil etyapti. 60 375 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 235 999 nafar inson koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi