Anjelina Joli Cherchill suratini rekord narxga pulladi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Gollivud aktrisasi Anjelina Joli Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, rassom Uinston Cherchill tomonidan chizilgan suratni sotdi. Bu haqda "Christie's" auksion uyiga asoslanib xabar berilgan. 

Manbaga ko‘ra, "Kutubiya masjidining minorasi" deb nomlangan ushbu surat 11,6 million dollarga sotilgan. 

Uning xaridoriga esa aniqlik kiritilmagan. 

Ushbu narx Cherchillning ishlari orasidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lgan. 

Oldin uning lotlari 2,1 milliondan 3,5 million dollargacha baholangan. 

Jolining kartinani sotish haqidagi qarori sabablariga aniqlik kiritilmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Kutubiya masjidining minorasi" Cherchill tomonidan Ikkinchi Jahon urushi paytida chizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Joli Cherchill

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing