Anjelina Joli Lvovga bordi (fotoreportaj)
Olam
−
01 may 2022
20824Amerikalik aktrisa, BMTning qochqinlar bo‘yicha maxsus vakili Anjelina Joli kecha, 30 aprel kuni Ukrainaga bordi.
Birinchi bo‘lib, u qahva ichish uchun kirgan kafesida e’tibor markaziga tushgan. Keyin aktrisa Lvovdagi qochqinlar bilan suhbatlashgan.
Internetda tarqalgan videoga ko‘ra, u qochqinlardan birining qo‘lidan ushlab suhbatlashgan. Suhbat davomida Joli ko‘z yoshlarini tiyib turolmagan.
“Anjelina Joli Lvov ko‘chalarida oddiy odamlar bilan muloqot qildi. Uning Ukrainaga kelishida bevosita ishtirok etgan shaxs sifatida men bu sayohatni o‘ziga xos deb atashim mumkin”, deb yozgan ukrainalik jurnalist Sergey Leshenko.
Gollivud yulduzi urush maydoniga oddiy keng kulrang shim, oq futbolka, kulrang sviter va qora paltoda tashrif buyurgan.
LiveBarchasi