Bred Pitt Anjelina Jolini sudga berdi 

Olam

image

Gollivud aktyori Bred Pitt o‘zining sobiq rafiqasi Anjelina Jolini rossiyalik tadbirkorga qo‘shma vino ishlab chiqaruvchi xo‘jaligini yashirincha sotganlikda ayblab, sudga berdi. Bu haqda TMZ sud hujjatlariga tayanib xabar bergan.  

2021 yil iyul oyida Joli Pitt bilan qo‘shma aktivlarni sotishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni bekor qilish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Xususan, aktrisa Fransiyada Nouvel vinosini ishlab chiqaruvchi Miraval Chateau kompaniyasidagi ulushini sotuvga qo‘ymoqchi bo‘lgan. 

Sentyabr oyida Pitt sobiq xotiniga xaridorning nomzodini shaxsan ma’qullash sharti bilan o‘z ulushini sotishga ruxsat bergan. Biroq, bir oy o‘tgach, Pitt vino ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning yarmi rossiyalik tadbirkor Yuriy Shefler tomonidan nazorat qilinadigan spirtli ichimliklar kompaniyasi Stoli Group filiali tomonidan sotib olinganini bilib hayratda qolgan. 

Pittning ta’kidlashicha, Joli kelishuvga uning roziligini olmagan va tafsilotlarni ataylab undan yashirgan. 

“Aktyor yangi sherik rahbariyatga tartibsizlik olib kelganidan shikoyat qilmoqda”, deb yozadi nashr. 

Aktyor suddan bitimni bekor qilishni so‘rayapti. Shuningdek, u yetkazilgan zarar uchun tovon puli olish niyatida. 

Ma’lumot o‘rnida, Pitt va Joli 2019 yilda ajrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Joli Pitt

Baholaganlar

1136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing