Telegram
Birinchi biling!
Olam
−
10 mart 2021
4666Joriy yilning 8 mart kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Uinston Cherchill (1874-1965) kiygan baxmal poyabzali kimoshdi savdosida 39 ming funt sterlingga (54 ming 200 dollar) sotildi. Bu haqda Bellmans kimoshdi savdosi uyi saytida xabar berilgan.
Poyabzallar to‘q moviyrangli baxmal matosidan tayyorlangan bo‘lib, unga oltin ip bilan WSC yozuvi tushirilgan.
Ta’kidlanishicha, Cherchill ularni Hukumat rahbari lavozimidagi ikkinchi muddati davomida ko‘p kiyib yurgan.
Ularni 39 ming funt sterlingga (54 ming 200 dollar) ismi oshkor qilinmagan britaniyalik kolleksioner sotib olgan.
LiveBarchasi