Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashish sababini oshkor qildi

Madaniyat-san’at

image

Gollivud yulduzi Anjelina Joli aktyor Bred Pitt bilan ajrashish sabablarini ma’lum qildi. 

"Men u bilan oilamning farovonligi uchun ajrashdim. Bu to‘g‘ri qaror edi", dedi Joli. Aktrisa bu yerda farzandlarini nazarda tutganini aytadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ajrashish jarayonida jurnalistlar uning sukut saqlashidan foydalanishdi, bolalar esa ommaviy axborot vositalarida o‘zlari haqida yolg‘on ma’lumotlarni o‘qishdi.

Aktrisa farzandlariga doimiy ravishda "o‘z boshlari bilan o‘ylashlari" kerakligini eslatib keladi.

Joli va Pitt 2016 yilda ikki yillik nikohdan va deyarli o‘n yillik munosabatlardan keyin ajrashishdi. Oilaning olti farzandi bor, ulardan uchta nafari asrab olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Anjelina Joli Bred Pitt

Baholaganlar

1194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing