Antoniu Guterrish Markaziy Osiyoga keladi
Olam
−
01 avgust 4516 1 daqiqa
Joriy yilning 3 avgust kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, To‘qayev va Guterrishning uchrashuvi 3 avgust kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadi.
“Qosim-Jomart To‘qayev va Antoniu Guterrish muzokaralar o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha BMT mintaqaviy markaziga birgalikda tashrif buyurishadi”, deyiladi Oqo‘rda bayonotida.
Qayd etish joiz, Qozog‘iston Prezidenti 2019 yilning sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida nutq so‘zlagan chog‘ida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha BMT mintaqaviy markazini Olmaotada joylashtirish tashabbusini ilgari surgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati vakili Zabihulloh Mujohid Birlashgan Millatlar Tashkilotini Afg‘onistonga BMTdagi o‘rnini bermayotgani uchun keskin tanqid qilgandi. Mujohid BMTning endilikda betaraf yoki mustaqil tashkilot emasligini aytib, uni G‘arbning siyosiy kuchlari ta’sirida harakat qilayotganlikda ayblagan.
Live
Barchasi