Antonio Konte - koronavirus, muxlislarsiz o‘yin va “Yuventus” haqida

Sport

image

Italiyaning "Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte A seriya doirasida bo‘lib o‘tadigan "Yuventus"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.

Koronavirus epidemiyasi fonida jamoaning holati

"Biz qiyinchiliklarga qaramasdan yaxshi kayfiyatda ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdik. Koronavirus sabab o‘yin kuni o‘zgartirilishi har bir jamoa uchun o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Futbolchilarga tezroq bu holatga moslashib olishimiz va hech nimaga qaramasdan oldimizda turgan o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak ekanini aytdim. Biz yaxshi sport formasidamiz. 

Futbolchilar mashg‘ulotlarni a’lo darajada o‘tkazdi. Shogirdlarim bugun maydonda borini berib harakat qilishadi. larda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq juda ham kuchli. Bugungi uchrashuv juda ham muhim ekanligini judayam yaxshi tushunib turibmiz. Bu o‘yindagi natija musobaqa jadvaliga ta’sir o‘tkazadi. Agarda "Yuventus"ni mag‘lub etsak, o‘rtadagi ochkolar farqi 3taga qisqaradi. Ya’ni turinliklarga yetib olishimiz uchun yana uch ochko kerak bo‘ladi. Hozir biz ulardan 6 ochko ortqadamiz. Bugungi bahsni katta qiziqish bilan kutib turibmiz". 

Muxlislarsiz o‘yin

"Bu juda ham qiyin vaziyat. Chunki, futbolni muxlislarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Futbol muxlislar bilan go‘zal. Bunday nozik vaziyatda juda ham extiyotkor bo‘lishimiz kerak. Sababi, odamlarning salomatligi har qanday narsadan ustun turadi. Shuning uchun, biz maksimal darajada xavfsizlikni ta’minlashimiz kerak". 

"Yuventus" haqida

"Har kimning o‘z tarixi bor. Shubhasiz, arzimagan narsa barchasini hal qilishi mumkin. "Yuventus" juda ham kuchli jamoa ekanligini yaxshi bilamiz va ularning hurmat qilamiz. O‘z navbatida, g‘alabaga chanqoqmiz v barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayyormiz. "Yuventus" Inter"ga qarshi - bu juda ham ajoyib o‘yin bo‘ladi. Eng muhimi, ushbu o‘yin musobaqa jadvaliga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bugungi o‘yin natijasi futbolchilarimiz bajargan ishlardan dalolat beradi", deydi "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Inter Antonio Konte koronavirus

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing