Antirekord yana yangilandi. Bir sutkada 400 dan ortiq bemor aniqlandi
Jamiyat
−
01 may 2021
6841Koronavirus bo‘yicha yana antirekord: 442 ta holatning 259 tasi Toshkent shahrida qayd etildi
Kecha, 30 aprel kuni O‘zbekistonda 442 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi va yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 91250 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Jizzax viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 53 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 19 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 60 nafari Toshkent viloyatida,
- 259 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
- Buxoro viloyatida 9 nafar,
- Jizzax viloyatida 10 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Samarqand viloyatida 31 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
- Toshkent viloyatida 47 nafar,
- Toshkent shahrida 125 nafar bemor sog‘aydi.
Mamlakatda kasallikdan sog‘ayganlar jami 87313 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 650 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3287 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi